Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Savolingizga javob topolmadingizmi? Menejerimizga yozing yoki qoʻngʻiroq qiling — barchasini tushuntirib beradi.

01Darslar qancha davom etadi va haftada necha marta boʻladi?

Darslar haftada 3 marta, har biri 2 soat. Bundan tashqari, har kuni 30 daqiqa C1 darajali ikkinchi ustoz bilan qoʻshimcha shugʻullanasiz.

02Noldan B2 gacha qancha vaqt kerak?

Maxsus tizimimiz noldan boshlagan oʻquvchini 7–9 oy ichida B2 darajasiga olib chiqadi.

03Darajamni bilmasam nima qilaman?

Muammo yoʻq. Menejerimiz darajangizni aniqlab, sizga mos guruhni tavsiya qiladi — buning uchun ariza qoldiring yoki qoʻngʻiroq qiling.

04“Ikkinchi ustoz” nima degani?

Darslarni C1 darajali asosiy ustoz olib boradi. C1 darajali ikkinchi ustoz esa har kuni 30 daqiqa siz bilan qoʻshimcha shugʻullanadi: tushunmagan mavzularni tushuntiradi va amaliyot oʻtkazadi.

05Qayerda joylashgansiz?

Fargʻona, Qomus (Beeline) koʻchasi — Qishloq Sanoat qurilish banki roʻparasida, Uzum Market yonida.

06Bepul mock kimlar uchun?

Har oy bitta mock imtihon CEFR B1 va CEFR B2 guruhlaridagi oʻquvchilarimiz uchun bepul oʻtkaziladi. Sana va vaqt Telegram kanalimizda eʼlon qilinadi.

07Mockda Speaking va Writing’ni kim baholaydi?

C1 darajali examinerlar.

08Kurs narxi qancha?

CEFR A1 – CEFR A2: oyiga 420 000 soʻm. CEFR B1 – CEFR B2: oyiga 450 000 soʻm.

09Toʻlov qanday amalga oshiriladi?

Toʻlov oylik. Narxga darslar, ikkinchi ustoz bilan mashgʻulotlar, Cambridge University Press darsliklari va Co-working ZONE kiradi.

10Kitoblar uchun alohida toʻlash kerakmi?

Yoʻq. Soʻnggi nashrdagi Cambridge University Press kitoblari kurs narxiga kiradi.

Savollaringiz qoldimi?
Biz bilan bogʻlaning!

Maʼlumotlaringizni qoldiring — menejerimiz tez orada qoʻngʻiroq qilib, darajangizni aniqlashga va guruh tanlashga yordam beradi.

Qaysi kurs qiziqtiradi? (ixtiyoriy)

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi.